Agentlikning "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi "Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-401-son Qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, shuningdek, huquq va manfaatlarini doimiy himoya qilishga asosiy eʼtibor qaratilayotganligi alohida e’tirof etildi.