O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi IQNet xalqaro sertifikatlash tashkilotining tegishli qaroriga muvofiq IQNet xalqaro sertifikatlash tarmogʻiga aʼzo boʻldi.
Bugungi kunda Agentlik tomonidan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan menejment tizimlari sertifikatlashtirish sohasida hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Maʼlumot uchun: IQNet tashkiloti 1990-yilda tashkil etilgan, boshqaruv tizimini sertifikatlashning eng yirik tarmoqlaridan biridir. Shtab-kvartirasi Bern shahrida (Shveysariya), uning tarmogʻi jahonga mashhur 36 ta menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organlari kiradi. Dunyo boʻylab 150 dan ortiq mamlakatda 310 000 dan ortiq (jahon bozorining 30 foizini) sertifikatlar rasmiylashtirilgan, shuningdek, 30 dan ortiq tillarda barcha asosiy iqtisodiy faoliyatlarda audit oʻtkazish uchun 17 000 dan ortiq xalqaro auditor va ekspertlar mavjud.
IQNet ga aʼzo menejment tizimlari sertifikatlashtirish organlari: AENOR (Ispaniya), AFNOR Certification (Fransiya), AIB-Vinçotte International (Belgiya), ANCESIGE (Meksika), APCER (Portugaliya), CCC (Kipr), CISQ (Italiya), CQC (Xitoy), CQM (Xitoy), CQS (Chexiya), Cro Cert (Xorvatiya), DQS Holding GmbH (Germaniya), DS (Daniya), FCAV (Braziliya), FONDONORMA (Venesuela), ICONTEC (Kolumbiya), IMNC (Meksika), INNORPI (Tunis), Inspecta Certification (Finlyandiya), IRAM (Argentina), JQA (Yaponiya), KFQ (Koreya), MIRTEC (Gretsiya), MSZT (Vengriya), Nemko AS (Norvegiya), NSAI (Irlandiya), PCBC (Polsha), Quality Austria (Avstriya), RR (Rossiya), SII (Izrail), SIQ (Sloveniya), SIRIM QAS International (Malayziya), SQS (Shveysariya), SRAC (Rumыniya), TEST-St.Petersburg (Rossiya), TSE (Tursiya), YUQS (Serbiya).
IQNet xalqaro sertifikatlash tarmogʻiga aʼzo boʻlish sifatni boshqarish tizimlarini eksport bozorlarida tan olish, Oʻzbekistonni Global sifat infratuzilma indeksida yuqori pog‘onalarga koʻtarilish, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega, xalqaro standartlar asosida ishlaydigan mutaxassislar tayyorlashga katta imkoniyat yaratadi.