Joriy yilning 19 aprel kuni “O‘zstandart” agentligida navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Hay’at yig‘ilishida “O‘zstandart” agentligining barcha tizim tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishni “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A. Xaitov kirish so‘zi bilan ochib, dastlab Vazirlar Mahkamasining 2017 yilning 1 chorak yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlisida belgilab berilgan ustivor masalalar va agentlik faoliyati bilan bog‘liq vazifalar haqida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, agentlik va uning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlari va 2-chorakda belgilangan vazifalari tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.

Navbatdagi masala, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori virtual qabulxonalariga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlar va ularning ijrosi, hamda ijro intizomi borasida yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuqsonlar tahliliy o‘rganilib zarur tavfsiyalar ishlab chiqildi.

Shuningdek yig‘ilishda hududiy boshqarma va markazlar tomonidan korxonalarda xalqaro sifat tizimlarini joriy etilish holatlari ham muhokama qilindi.

Yig‘ilish kunning ikkinchi yarimida seminar shaklida davom ettirildi.