“O’zstandart” agentligining 2018-yil 9-fevral kungi 4-sonli o‘tkazilgan yigilish bayoni 10-bandi ijrosini bajarish maqsadida “Farg‘ona SSM” DK  direktori M.M.Azimov raisligi ostida va korxona xodimlari ishtirokida ma’naviyat darsi o‘tkazildi.

Ma’naviyat darsida mexmon sifatida O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O’zbek drama teatri aktrisasi Shohida Uzoqova, Teatr va kino aktyori Alisher Otaboev ishtirok etishdi.

Ma’naviyat darsiga taklif etilgan taniqli san’atkorlar o‘zining hayot yo‘llari, san’atga kirib kelishlariga sabab bo‘lgan voqealari, san’at yo‘lidagi o‘ziga xos mashaqqatlari va safarlardagi qiziq xodisalar haqida ishtirokchilarga so‘zlab berdilar.

Aktrisa Shohida Uzoqova, san’at yo‘lidagi izlanishlari, vaqtinchalik qiyinchiliklarga qaramasdan o‘z maqsadiga erishishdagi g‘ayrat-ishtiyoq va albatta halqqa va san’atga bo‘lgan fidoiylik – shubhasiz halqimizning ardoqi va hurmatiga olib kelishini ta’qidladi. Filmlarni sur’atga olish jarayonidagi qiziqarli voqealar haqida so‘zlab berdi.

Taniqli aktyor Alisher Otaboev xam yig‘ilish ishtirokchilariga halqning xizmatida bo‘lishning o‘ziga xos mashaqatlariga qaramay, sharafli va mas’uliyatli tomonlari xaqida gapirib o‘tdi.

Ma’naviyat darsi davomida taklif etilganlar “Farg‘ona SSM” xodimlariga halqimizning xizmatida o‘z kasbiga sodiqlik va kasbdoshlariga hurmat hissi xech qachon tark etmasligini  tilab qoldilar.

“Farg‘ona SSM” DK direktorii so‘zga chiqib, ma’naviyat darsiga taklif etilganlar O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shohida Uzoqova hamda teatr va kino aktyori Alisher Otaboevlarni mazmunli ma’ruzalari uchun mehnat jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirirdi. San’atlariga yanada rivoj tilab, halqning yuksak ardoqida bo‘lib xizmat qilishlarini tiladi.