Har qanday sertifikatdagi xalqaro tan olinadigan akkreditatsiya belgisining borligi u dunyoning istalgan burchagida nufuzli tashkilotlar tomonidan tan olinishini bildiradi.

O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti tomonidan Turkiya respublikasi Milliy akkreditatsiya idorasi (TURKAK) quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha laboratoriyalarning ISO/IEC 17025:2017 “Sinov va qiyoslash laboratoriyalarining layoqatliligiga qo‘yiladigan umumiy talablar” standart me’yorlariga muvofiqligini baholash bo‘yicha xalqaro akkreditatsiya o‘tkazish uchun buyurtma berdi.

- massa vau bilan bog‘liq kattaliklar: 1 mg dan 1 kg gacha toshlar,

- manometrlar, bosim o‘zgartirgichlari: 0 dan 7 MRa gacha bosim datchiklari,

- termometriya va issiqlik fizikasi: minus 30 °S dan plyus 300 °S gacha suyuqlikka oid shisha termometrlar.

Hozirgi kunda TURKAK portaliga, baholash uchun, ro‘yxatiga 22 nomdagi O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining hujjatlari kiradigan zarur ma’lumotlar kiritildi. TURKAK tomonidan, bir oy muddatda me’yoriy hujjatlarni ekspertiza qilish jarayoni boshlandi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti mutaxassislari ayni kunlarda xorijiy mamlakatlarning tashkilotlari hali o‘tmagan yoki endi o‘ta boshlagan ISO/IEC 17025:2017 “Sinov va qiyoslash laboratoriyalarining layoqatliligiga qo‘yiladigan umumiy talablar” xalqaro standart talablariga muvofiq menejment tizimining takomillashtirish bilan shug‘ullanmoqdalar.

O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining bunday tashabbuslari kelgusida ijobiy natijalarni berib, xalqaro darajada tashkilot nufuzini yanada oshirishga ko‘mak beradi.