Joriy yilning 13 may kuni Jahon bankining xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha eksperti Vafa Aranki rahbarligidagi delegatsiya a’zolari «O‘zstandart» agentligiga tashrif buyurdi.

Jahon banki missiyasi vakillariga mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, eksportni rag‘batlantirish va kengaytirishga doir olib borilayotgan tizimli ishlar, xususan so‘nggi 1 yil ichida yurtimizda standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasini rivojlantirish uchun bir qator normativ-huquqiy xujjatlar qabul qilinganligi va ushbu normativ-huquqiy xujjatlar asosida agentlik tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muzokaralar jarayonida Jahon bankining xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha eksperti Vafa Aranki Jahon banki tomonidan O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya qilish va qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini raqobatbardoshligini oshirish uchun loyiha tayyorlanayotganligi ma’lum qilindi.

Uchrashuvda standartlashtirish va muvofiqliqni baholash sohada kooperatsiyani kuchaytirish, malakali xorijiy ekspertlarni jalb etish, birgalikda qo‘shma loyihalar ishlab chiqish, malakali mutaxassislar tayyorlash borasida hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi. Agentlik vakillari tomonidan Jahon banki bilan soha yo‘nalishlarida keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligi ta’kidlab o‘tildi.