COVID 19 pandemiyasiga qaramasdan mamlakatimizda tashqi iqtisodiy sohasida tashqi savdo hajmi va eksportni tizimli ravishda rivojlantirishga keng eʼtibor qaratilgan. Yevropa Ittifoqi davlatlariga qishloq xoʻjaligi, tekstil, qurilish va boshqa turdagi mahalliy mahsulotlarni eksport qilish kunning dolzarb mavzusiga aylanib bormoqda.

Ushbu turdagi mahsulotlarning eksportida xalqaro darajada tan olingan xorijiy muvofiqlikni baholash idoralari alohida oʻrin tutadi. Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga muvofiqlikni baholash sohasida qulaylik yaratish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi va “Oʻzstandart” agentligi hamkorligida “Intertek” (Buyuk Britaniyamuvofiqlikni baholash idorasi vakillari janob Piter Lindsay bilan videokonferensiya oʻtkazildi.

Tadbirda mahsulotlarni Buyuk Britaniya va jahon bozorlariga eksport qilishda “Intertek” idorasi tomonidan koʻrsatiladigan muvofiqlikni baholash ishlari, bugungi kunda Yevropa davlatlarining mahsulotlarga qoʻygan talablari, hamkorlikda sertifikatlashtirish idorasi va sinov laboratoriyalari ishlarini tashkil etish, ularni xalqaro darajaga olib chiqishda “Intertek” idorasi ekspertlarni jalb etish boʻyicha fikrlar almashildi.