Yevropa bozorlariga kirib borish va ushbu bozorlarda raqobat muhitida oʻz oʻrnini mustahkamlash uchun eksport qiluvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarda SE markirovkasini qoʻllashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

“Quality Device” MCHJda maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqarishda xalqaro standart joriy qilindi. Natijada korxonada Yevropa Ittifoqining TE SIA TUV NORD Baltik idorasidan tegishli sertifikat olinib, SE markirovkasini qoʻllashga erishildi. 2020-yilda korxona tomonidan SE markirovkasini qoʻllash orqali bir yuz ellik toʻqqiz ming dollarlik mahsulot xorijga eksport qilindi.

“Quality Electronics” MCHJ korxonasida yuz niqoblarini xalqaro ISO13485 standarti talablariga moslashtirish ishlari olib borildi va xalqaro standart joriy qilindi. Natijada korxonada Turkiyaning NVA QUALITY CERTIFICATION idorasidan tegishli sertifikat olinib, SE markirovkasini qoʻllashga erishildi. 2020-yilda korxona SE markirovkasini qoʻllash orqali bir yuz oʻttiz sakkiz ming dollarlik mahsulot xorijga eksport qilindi.

SE markirovkasi mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Yevropa davlatlariga toʻsiqlarsiz eksport qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi.

SE markirovkasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot olish uchun “Oʻzstandart” agentligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi (+998 71 20200 11, ichki 1027) yoki Eksportga koʻmaklashish byurosi (+998 71 20200 11, ichki 1171) murojaat qilinishi mumkin.

 

“Oʻzstandart” agentligi

Xalqaro munosabatlar boshqarmasi

Eksportga koʻmaklashish byurosi