Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yigʻilishi doirasida Belarus Respublikasining Davlat standartlashtirish qoʻmitasi raisi Tatariskiy Valentin Boleslavovich boshchiligidagi delegatsiya “Oʻzstandart” agentligiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya vakillari Agentlikda texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash

va kadrlar tayyorlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, zamonaviy sinov laboratoriyalar bilan tanishib, bu yoʻnalishlar izchil rivojlanib borayotganini taʼkidladi.

Oʻzaro ishonch va anglashuv asosidagi davlatlararo amaliy muloqot mustahkamlanib borayotgani mamlakatlarimizni barqaror rivojlantirish va xalqlarimiz farovonligini oshirish yoʻlida saʼy-harakatlarni birlashtirish imkonini berayotgani qayd etildi.

Shu bilan birga ikki mamlakat oʻrtasida eksport-import qilinadigan mahsulotlarni sinovlarini oʻtkazish amaliyotini kengaytirish, akkreditatsiya, rasmiylashtiriladigan sinov bayonnomalari, muvofiqlik sertifikatlarini tan olish dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlarining “Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasidagi xizmatlar uchun” mukofoti tanlovlarida ishtirok etishi va bu sohada Belorussiya tajribasi yuzasidan fikr almashildi.

Delegatsiya vakillari tomonidan soha yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan prezentatsiya taqdimoti oʻtkazildi.

Uchrashuv yakuniga koʻra, tomonlar hamkorlik borasida bir qator kelishuvlarni qabul qilishdi.

“Oʻzstandart” agentligi

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi