Mamlakatimizning Tokiodagi elchixonasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamkorligida Yaponiyaning “Noritsuisu Co. Ltd” kompaniyasi prezidenti Aoki Shogo  bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda 2023 yil yanvar oyida O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim tashkilotlari mutaxassislarining “Noritsuisu Co. Ltd” korxonasida malaka oshirganligi ijobiy qayd etildi.

Mebel va mebel mahsulotlari butlovchi qismlarini sinovdan o‘tkazish, mahsulot sifati va standartlashtirish, grant va texnik ko‘maklarni jalb etish, soha yo‘nalishida xodimlar malakasini oshirib borish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv natijasiga ko‘ra, soha yo‘nalishiga oid masalalarda tajriba almashish va o‘zaro  fikr-mulohaz alaralmashishga kelishildi.

O’zbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi