Buning uchun avvalo korxonalarning eksport imkoniyatini oshirish maqsadida ISO 9001 xalqaro sifat menejmentini joriy etish bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirish asosiy vazifa etib belgilandi.

Joriy yilda 4,5 mingta korxonada, shundan 1700 tasi eksporter korxonalar bo‘yicha aniq ish rejani hokimliklar, tarmoqlar va korxonalar bilan tasdiqlandi.

Yil boshidan 150 ta korxonada ISO 9001 standarti bo‘yicha sifat menejmenti joriy etildi. Birinchi yarim yillikda bu ko‘rsatgich 800 taga yetkaziladi.

Ma’lumot uchun 2017 yil rejasi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi (185) Toshkent sh. (872), Toshkent v. (537), Farg‘ona (415), Samarqand (383), Andijon (354), Namangan (344), Xorazm (307), Buxoro (228), Qashqadaryo (215), Navoiy (205), Surxondaryo (172), Jizzax (163), Sirdaryo (83).