Respublikamizning nufuzli Ommaviy axborot vositalarining xodimlari qatnashgan mazkur anjumanda “Mamlakatimizda mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda milliy labaratoriyalar tomonidan amalga oshirilgan o‘lchash va sinov natijalarining chet ellarda tan olinishi uchun asos yaratish va muvofiqligini baholash organlarini akkreditatsiyalashning dolzarbligi” mavzui yuzasida ma’lumotlar berildi.
Matbuot anjumani avvalida muhtaram Prezidentimizning joriy yil 28 apreldagi “O‘zstandart” agentligi faoliyatini takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘isidagi qarori sohaning ertangi istiqbolini belgilashda muhim omil bo‘layotgani alohida ta’kidlab o‘tildi.
O‘tgan vaqt ichida mazkur qaror asosida agentlik tizimida “O‘zbekakkreditatsiya” davlat korxonasining tashkil etilgani, bugungi kunda, akkreditatsiya ishlari, mazkur qaror bilan tashkil topgan xalqaro normalarga mos ravishda “O‘zbekiston muvofiqlikni baholash idoralarini akkreditatsiya qilish markazi” davlat koxonasi tomonidan olib borilayotgani ko‘rgazmali mak’lumotlar asosida jurnalistlarga taqdim etildi.
Shuningdek, mazkur qarorga asosan“O‘zstandart” agentligining 2017-2018 yillarda akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lishi masalasi, hamda 2017-2021 yillarda “O‘zstandart” agentligi tizimidagi yirik sanoat korxonalari tarkibidagi sinov va kalibrlash laboratoriyalarini xalqaro darajada akkreditatsiya qilish masalalari nazarda tutilgan.
“O‘zbekakkreditatsiya” Davlat korxonasining faoliyat turlariga, quyidagilar kiritilgan,- sertifikatlashtirish idoralarini akkreditatsiya qilish;- sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish; - SMT sertifikatlashtirish idorasini akkreditatsiya qilish; - xodilarni sertifikatlashtirish idoralarini akkreditatsiya qilish; hamda yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiya qilish organlarining akkreditatsiya qilish ishlari kiritilgan.
Yuqorida ko‘rsatilgan qaror bilan, “O‘zbekakkreditatsiya” Davlat korxonasiga 
muvofiqlikni baholash sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;
muvofiqlikni baholash organlari metrologiya xizmatlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish;
hamda, xalqaro va milliy akkreditatsiya organlari bilan faol hamkorlik qilish vazifalari belgilab berilgan.
Barchamizga yaxshi ma’lumki,mahsulot va xizmatlarning sifatini aniqlash, ularni sinash, (baholash) yo‘li bilan muvofiqlikni baholash idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
Akkreditatsiya qilish jarayoni esa muvofiqlikni baholash idoralri tomonidan olib borilayotgan sinov natijalarini to‘g‘ri va aniq o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Akkreditatsiya-bu yuridik shaxslarning muayyan faoliyat sohasida muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarishga vakolatli ekanligini Milliy akkreditatsiya organi tomonidan rasman tasdiqlanadi.
Mazkur masala Respublikamizda akkreditatsiya faoliyati bir qator qonun va qonun osti hujjatlari bilan tartibga solingan.
Ushbu idoraga muvofiqlikni baholash organlarini halqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiya qilish, shuningdek, ularni faoliyati ustidan inspeksiya nazorati o‘tkazish vazifasi yuklatilgan.
Bugungi kunda respublikada 863 ta muvofiqlikni baholash idoralari faoliyat ko‘rsatadi. Shundan 510 sinov laboratoriyalari; - 112 sertifikatlashtirish idoralari; - 36 inspeksiya idoralari; - 28 sifatni boshqari tizimlarini sertifikatlashtirish idoralari;- 48 metrologiya xizmati; - 113 kalibrlash laboratoriyalari; - 6 xodimlarni sertfikatlashtirish idorali va 1 ta provayder xizmatlarini ko‘rsatish idorasi akkreditatsiya qilingan.
2017 yilning 1-yarim yilligida muvofiqlikni baholash idoralari tomonidan 5.6 mlrd. sumlik mahsulot nomuvofiq deb topilgan.
Lekin shunga qaramay, bozorlarimizda nomuvofiq va sifatsiz mahsulotlarga ham duch kelmoqdamiz.
Agentlik tomonidan olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, yuqorida aytilagan nomuvofiq mahsulotlar faqatgina 26 ta sertifikatlashtirish idoralri tomonidan aniqlangan. Qolgan idoralar faoliyatida nomuvofiqliklar aniqlanmagan, bu o‘z navbatida ular tomonidan olib borilgan sinovlar shubha ostida qolmoqda.
Bu borada Agentlik tomonidan mavjud sertifikatlashtirish idoralari faoliyati o‘rganilganda, ushbu idoralar faoliyatida bir qator kamchiliklar aniqlangan.
Joriy yilning 1-yarim yilligida “O‘zbekakkreditatsiya” markazi tomonidan 325 ta muvofiqlikni baholash idoralarining faolityai ustidan inspeksiya nazorati o‘tkazildi.
Natijada, belgilangan standart talablarini va muvofiqlikni baholash qoydalarini buzgaligi uchun 162 ta ya’ani (49.8%)muvofiqlikni baholash idorasining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi, shundan:
(81 ta sinov laboratoriyalari, 59 ta sertifikatlashtirish idoralari, 1 ta inspeksiya idorasi, 2 ta sifatni boshqari tizimlarini sertifikatlashtirish idoralari, 7 ta metrologiya xizmati, 4 ta xodimlarni sertifikatlashtirish idorali faoliyati to‘xtatilgan)
Qo‘pol kamchiliklarga yo‘l qo‘yganliklari uchun 20 ta sertifikatlashtirish idorasi, 6ta sinov laboratoriyasi, 3 ta sifatni boshqari tizimlarini sertifikatlashtirish idoralari va 4 ta inspeksiya idoralarining akkreditatsiya guvoqnomalari bekor qilingan.
Shuningdek, 54 muvofiqlikni baholash idoralarining akkreditatsiya doiralari qisqartirilgan.
Yuqorida aytilgandek, akkreditatsiyaning asosiy vazifalaridan biri, bu savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishdan iboratdir. Ya’ni eksportga yo‘naltirilgan maqsulotlarni sinov natijalarini chet el davlatlarida tan olinishiga sharoit yaratish.
Shu maqsadda, respublikada 7 ta sinov laboratoriyalari, shu jumladan:
- 5 ta Toshkent shahrida oziq-ovqat, elektrotexnika, farmotsevtika, mashinasozlik va yengil sanoat mahsulotlarini sinash laboratoriyalari;
- 1ta Qoraqolpog‘istonda kimyo maxsulotlarini sinash laboratoriyasi;
- 1 ta Andijon viloyatida mashinasozlik mahsulotlarini sinash laboratoriyalari halqaro darajada tan olingan Horijiy akkreditatsiya idoralari tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar Sirdaryo, Samarqand, Surxandaryo va Namangan viloyatlarida sinov laboratoriyalari halqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bu esa, o‘z navbatida mahalliy maxsulotlarimizni tashqi bozorga kirib borishida, ularning sinov natijalarini tan olish orqali,texnik to‘siqlarni bartaraf etishga sharoit yaratadi.
Bundan tashqari, “O‘zstandart” agentligi tomonidan muvofiqlikni baholash ishlarini halqaro darajada tan olinishini ta’minlash maqsadida 2017-2020 yil davrida agenlikning bir qator halqaro tashkilotlarga azo masalasida chora-tadbirlar belgilab olingan.
Jumladan,:
- BIPM (Bureau Internartional des Poids et Mesures - O‘lchov va tarozilar byurosi) yagona o‘lchov birligini ta’minlash sohasida;
- ILAC (International Laboratory Accreditation Cooperation – Laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish halqaro tashkiloti) sinov laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish sohasida;
- IAF (International Accreditation Forum – Akkreditatsiya sohasidagi qalqaro forum) akkreditatsiya soqasida.
Lekegin, ushbu tashkilotlarga azo bo‘lish uchun bir qator ishlarni amalga oshirishimiz lozim, jumladan:
- iqtisodiyoi tarmoqlaridagi o‘lchash va sinash laboratoriyalarni zamonaviy uskunalar bilan qayta jixozlash;
- milliy etalonlarni solishtirish;
- milliy laboratoiyalarimizni halqaro darajada taqqosolov sinovlarida ishtirokini ta’minlash;
- ushbu haqaro tashkilotlarning tartib va qoydalarini respublikada joriy etish;
- va ushbu tashkilotlar tomonidan milliy tizimlarimizni baholatish ishlari bajarishimiz kerak.
Ushbu ishlarning amalga oshirish, milliy sifat infratuzilmamizni talab darajaga olib chiqish bilan, muvofiqlikni baholash ishlarini halqaro darajada tan olinishga zamin hozirlaydi.