Ayniqsa, agentlik rahbariyati tomonidan hududlarda, olis tumanlar kesimida sayyor qabullarning tizimli tashkil etilayotgani o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
Navbatdagi Sayyor qabul Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining matbuot kotibi A.Rasulov, Farg‘ona Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i Sh.Toirov, Farg‘ona Sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori M.Azimov va Qo‘qon Sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori Ya.Rasulov ishtirok etdilar.
Sayyor uchrashuvi davomida yig‘ilganlarga “O‘zstandart” agentligi tizimdagi yangiliklar, va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan dasturlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv savol-javob tarzda tashkil etilib, ishlab chiqarish korxonalari vakillarining savollariga batavfsil javob berildi.
Kelgusida bunday uchrashuvlar viloyatning barcha tumanlarida ham tizimli o‘tkazilishi rejalashtirildi.