Muqqaddas kitoblarda, “Yaxshilik yumshoqlik, tabassumli yuz va shirin tildir” deyilgan. Yana bir hikmatli gap bor, “Bir ishni qilmoqchi bo'lganingizda bu to'g'rida qalbingizda shubha paydo bo'lsa, u ishni qilmang”, deb yozilgan.

Odamzotni yaxshiligu-ezgulikka chorlagan ma'rifatli zotlar, faqatgina so'z yoki nasihat bilan emas, balki o'zlari bu borada o'rnak va namuna ko'rsatganlar.

Oilada ota-onaning o'zi to'g'ri so'zlamasa, o'zgalarni ig'vo qilsa, qo'shnilari bilan munosabati yomon bo'lsa, u qanday qilib farzandiga to'g'ri ta'lim va tarbiyani bera oladi.

Ayrim hollarda ba'zi bir yoshlarning u yoki bu jihatlaridan ko'nglimiz to'lmaganday bo'ladi. Ularning tarbiyalarida, yurish-turishlarida nimadir kemtiklik bordek ko'rinadi.

Aslidachi, aslida kelajagimiz davomchilarining to'g'ri tarbiyalashda biz kattalar mas'ulligimizni unutib qo'yamiz. Ba'zida ularga o'zimiz hayotda namuna bo'la olmaymiz.

Ma'rifatli oilada tarbiyalangan farzand, shubhasiz o'z yurtiga, xalqiga, vatani taqdiriga befarq qarab turolmaydi.

Bugun yurtimizda kechayotgan islohotlar jarayoni, Xalqimizni davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga kamarbasta bo'lib, ularning muammolariga echim topishi hamda yaqindan ko'makdosh bo'lishdek ezgu maqsadlar sari etaklamoqda.

“O'zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimovning topshirig'i asosida, muntazam tashkil etib kelinayotgan ma'naviyat soatlarida xodimlar ishtirokida ma'rifiy suhbatlar tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Navbatdagi ma'naviyat soatiga O'zbekiston Musulmonlari idorasi bo'lim boshlig'i Rahimberdi Rahmonov taklif etildi.

Ta'sirchan va ochiq muloqot jarayonida insoniy fazilatlar, ezgulik, yaxshilik, vatanga, xalqqa bo'lgan hurmat tuyg'ularini yanada shakillantirish bilan bog'liq bo'lgan mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv nihoyasida xodimlar o'zlari uchun muhim bo'lgan ma'naviy ozuqa oldilar.