Joriy yilning 5 mart kuni “Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi”-davlat korxonasi hamda Andijon Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamkorligida viloyatdagi fermer xo‘jaliklari va eksportyor korxonalarning vakillari uchun yangi qabul qilingan “GLOBAL G.A.P, “Halol” standartlari va ISO 22000 xalqaro standarti talablari bo‘yicha amaliy mavzuda seminar tashkil etildi.

 Seminarga Andijon shahar imom xatibi, viloyat fermerlar kengashi raisi, viloyat  DSENM  boshlig‘i o‘rinbosari, viloyat Savdo-sanoat palatasi boshlig‘i va tegishli tashkilotlardan mexmonlar taklif etildi.

Seminar avvalida “Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi”-davlat korxonasi direktori I.D. Qosimov so‘zga chiqib, tashkil etilgan seminarning dolzarbligi haqida ma’lumot berib o‘tdi: “Halol” belgisi ostida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga Yevropa ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Xitoy, Xindiston, Lotin Amerikasi davlatlari, Yangi Zelandiya va Tailand kabi mamlakatlarda ham alohida e’tibor qaratilayotganligi, shuningdek, dunyoda musulmonlarning ortib borishi (taxminan 1,8 mlrd odam, yer aholisining 24 foizi) «Halol» standarti talablari asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga talabning oshishini ta’minlashi xaqida va bugungi kunda, MDX mamlakatlari (Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston), Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Iordaniya, Misr, Baxrayn kabi musulmon mamlakatlariga «Halol» belgisi ostida o‘z mahsulotlarini eksportga chiqarib ulgurganligi aytib o‘tildi.

Seminarda markaz mutaxassislari tomonidan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 noyabrdagi «Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3377-sonli qaroriga muvofiq yurtimizda “Xalol” standartini joriy etish vazifasi yuklatilganligi, shu maqsadda, «O’zstandart» agentligi tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarning turistik infratuzilmasi holati va eksport imkoniyatlarini oshirish tajribalari o‘rganilganligi, ya’ni, sayyoxlarning extiyojidan kelib chiqib, sifatli va qulay xizmatlar ko‘rsatish orqali turizm soxasini rivojlantirish uchun ko‘pgina mamlakatlarda «Xalol» standartlari bo‘yicha mahsulotlarni ishlab chiqarish, shu jumladan ovqatlanish xizmatlari tizimining mavjudligi muhim ahamiyat kasb etayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va standart talablari taqdimot shaklida tushuntirib berildi.

Shuningdek, o‘tkazilgan seminarda shaxar bosh imom xatibi va viloyat DSENM boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan ham seminar mavzusi yuzasidan ma’ruzalar eshitildi. Seminar davomida “Xalol” standartini amaliyotga joriy etish va bu yo‘nalishlarda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar atrofida ham mulohazalar bildirildi.Seminar so‘ngida ish tirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.