Ilgari ta’kidlab o‘tilganidek, “O‘zstandart” agentligi tomonidan “Halol” standartlarini qabul qilish bo‘yicha tizimli ravishda ishlar olib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishda yana bir qator davlat standartlari qabul qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda.

“O‘zstandart” agentligi tomonidan:

davlat standartlari tasdiqlanib, 2018 yil 1 apreldan amaliyotga joriy etildi.

“Halol ovqat va ichimliklar tayyorlanadigan, saqlanadigan va sotiladigan joylar uchun O‘z DSt 3286:2018 qo‘llanishining muayyan talablari” davlat standarti TS 13571:2013 “Halol ovqat va ichimliklar tayyorlanadigan, saqlanadigan va sotiladigan joylar uchun muayyan talablar” standarti asosida ishlab chiqilgan. Ushbu standart O‘z DSt 3286 davlat standartiga muvofiq umumiy ovqatlanish, restoranlar, mehmonxonalar, oshxonalar, kafeteriylar va bufetlar, o‘z–o‘ziga xizmat ko‘rsatish nuqtalari, tayyor mahsulot supermarketlari, novvoyxonalar va qandolat do‘konlarining halol joylari, bunday joylarda ishlatiladigan xom ashyo materiallari, halol taomlarni tayyorlash, saqlash va iste’molga berish uchun talablarini belgilaydi. Shuningdek, ushbu jarayonlarda ishtirok etadigan xodimlar amal qilishi kerak bo‘lgan muayyan qoidalar hamda ushbu jarayonlarda ishlatiladigan asboblar, uskunalar va vositalardan foydalanish qoidalarini o‘z ichiga oladi.
“Halol” sertifikatlashtirish idoralariga qo‘yiladigan talablar” davlat standarti “Halol” sertifikatlashtirish faoliyatlarini yuritadigan “Halol” sertifikatlashtirish idoralari uchun zarur bo‘lgan barcha qoida va tartiblarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ushbu standartda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi idoralarning kompitenligini, auditining ketma-ketligini va xolisligini, halol mahsulot, xizmatlar va/yoki menedjment tizimlarini sertifikatlashtirishni prinsiplarini va talablar belgilab berilgan. “Halol” mahsulot/xizmat va/yoki menedjment tizimi sertifikatlashtirish uchinchi tomon - muvofiqlikni baholash idoralari amalga oshiradi. Ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi idoralar uchinchi tomon-muvofiqlikni baholash idorasi hisoblanadi. “Halol” sertifikatlashtirish idorasi davlat yoki nodaavlat bo‘lishi mumkin. Ushbu standart akkreditatsiya yoki shunga o‘xshash baholash tekshiruvlarida asosiy qo‘llanma sifatida foydalanilishi mumkin.
“Islom iste’mol mahsulotlari –1 qism: kosmetika va shaxsiy gigiyena. Umumiy qo‘llanma” davlat standarti MS 2200: PART 1:2008 MOD “Islomda halol iste’mol mahsulotlar - 1 qism: Kosmetika va shaxsiy gigiyena - Umumiy qo‘llanma” standarti asosida ishlab chiqilgan. Ushbu standart “Halol” kosmetika va shaxsiy gigiyena yo‘nalishlari uchun amaliy tavsiyalarni belgilaydi hamda kosmetika, shaxsiy gigiyena, savdo-sotiqda yoki biznesda asosiy talablar bo‘lib xizmat qiladi.
“Islom iste’mol mahsulotlari – 2 qism. Hayvonlar suyagidan, terisidan va junidan foydalanish - umumiy qo‘llanma” davlat standarti MS 2200: PART 2:2013 MOD “Islom iste’mol mahsulotlari – 2 qism. Hayvonlar suyagidan, terisidan va junidan foydalanish - Umumiy qo‘llanma” standarti asosida ishlab chiqilgan. Ushbu standart Islom shariati qoidalariga muvofiq tegishli tarmoqlarda hayvonlar suyagi, terisi va junidan foydalanish uchun amaliy tavsiyalarni belgilaydi.