Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma’noga egadir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib tursa, qadr - insonni yuksaklikka ko‘taradi.
Mamlakatimizda 9 may – Xotira va Qadrlash kuni keng miqyosda nishonlandi. Ushbu bayram mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida o‘lkamizni qaxramanona himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlangan. Ikkinchi jaxon urushida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish tom ma’noda milliy qadriyatga aylandi. Qolaversa yurtimiz tinchligi, obodligi yo‘lida o‘z hissalarini qo‘shgan ajdodlar xotirasini yod etib, ularning ezgu ishlarini davom ettirish, qolaversa bugun kunda safimizda yurgan, el-yurt tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan keksalarni e’zozlash ma’naviy xayotimizning ajralmas qismiga aylandi.
Shu maqsadda Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasida navbatdagi Ma’naviyat soatida 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “O‘tganlar xotirasini yodda saqlash va ruhlarini shod etish, tiriklarni qadrlash – xalqimiz uchun muqaddas fazilatdir!” mavzusida rejalashtirildi. Mavzu yuzasidan markaz xodimlaridan 20 nafari 2018 yilning 8 may kuni Qarshi shahrida bunyod etilgan birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xaykali hamda Motamsaro «Ona» haykalida xotirlash maqsadida bo‘ldilar.
Markaz xodimlari Motamsaro «Ona» haykaliga kelib urush maydonlaridan qaytmagan ming-minglab yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi oldida bosh egib, ularning ruhi poklariga hurmat bajo keltirdilar hamda haykal poyiga gullar qo‘ydilar. Shuningdek mazkur majmua yonida harbiylarimiz tomonidan tashkil etilgan teatrlashtirilgan ko‘rgazmali chiqishlar tomoshasi guvoxi bo‘ldilar.
Tadbir davomida xodimlar vatanimizni himoya qilishda jonini fido qilgan, xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan, bugungidek tinch va osuda hayotni bizga yaratib bergan millat qaxramonlariga nisbatan chin dildan minnatdorchilik hissini tuydilar. Zero xalqimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat, muruvvat va himmat, keksalarni ardoqlash, ko‘makka muhtojlarning hurmatini joyiga qo‘yish qon-qonimizga singib ketgan fazilatlardir.