Ma’lumki, sport har bir mamlakatni dunyo miqyosida tezda tanilishiga yordam beradi. Respublikamizda aynan sportga berilayotgan e’tiborning natijasida yuzlab iqtidorli yoshlarimiz jahon miqyosida o‘tkazilib kelinayotgan musobaqalarda sovrinli o‘rinlaga munosib topilmoqda.
Albatta, bunday muvoffoqiyatlarning tub zamirida esa e’tibor va g‘amxo‘rlik yotadi. Buxoro Sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan viloyat yoshlarining sportning turli yo‘nalishlarida muntazam shug‘ullanishlari va xalqaro musobaqalarga tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
Buxoro Sinov va sertifikatlashtirish markazi viloyat TAYEKVANDO federatsiyasi bilan hamkorlikda yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakillantirish va turli musobaqalarga homiylik yordamini ko‘rsatib kelmoqda.
Yaqinda viloyat miqyosida tashkil etilgan TAYEKVANDO musobaqasida o‘nlab iqtidorli yoshlar qatnashib sovrinli yutuqlarni qo‘lga kiritdilar.
Albatta, kelajagimiz egalarining har tomonlama sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishlariga qaratilgan bunday sayi harakatlar ertaga o‘zining ijobiy mevasini beradi.