Odamzotning qalbida, yuragida ertangi kunlarga ishonchi va umidi bo‘lmasa uning yashashida ma’ni qolmaydi. Har kungi hayot o‘taveradi. Ammo inson yashar ekan, u shubhasiz bugundan ertaga yanada farovon yashashni, oilasi to‘kis bo‘lishini, farzandlarining kelajagi ta’minlanishiga ishonchi ortsagina hayotidan rozi bo‘ladi.
Kuni kecha Respublikamizning Ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilingan bir yangilik barchamizni yana bir marta xursand qildi.
“Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma Respublikamiz Prezidenti Shavkat Miziyoyevga bo‘lgan ishonchning yuksak darajasini va davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosat hamyurtlarimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanganligini ko‘rsatdi.
Quvonarli tomoni shundaki,tadqiqot natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning aksariyat qismi - 92,2% foizi O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga egaligi, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalalarini hal qilishda sezilarli natijalarga erishganligini e’tirof etilgan.
Ijtimoiy fikr so‘rovnomsi aholining Muhtaram Prezidentimizga bo‘lgan ishonchni yuqori darajada ekanini va davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatdagi islohotlar xalqimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini ko‘rsatdi.
Shubhasiz bunday yangilik har bir yurtdoshimizni mamnun qilish bilan bir qatorda, shiddat bilan olib borilayotgan islohotlar jarayonida faollik bilan ishtirok etishga undaydi.
Bugun boshqa sohalar qatori “O‘zstandart” agentligi tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlashga, xalqimizni va ichki iste’mol bozorlarimizni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilishga qaratilayotgani bilan ahamiyatlidir.
Shu o‘rinda “O‘zstandart” agentligi tizimida qo‘lga kiritilgan ayrim raqamlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
O‘zbekistonda texnik reglamentlar Yevropa hamjamiyati, Yevroosiyo iqtisodiy kengashining Bojxona ittifoqi, hamda MDX davlatlari texnik reglamentlari, shuningdek halqaro standartlar talablarining O‘zbekiston uchun eng maqbullari asosida ishlab chiqilmoqda.
2018 yilning o‘tgan davri mobaynida agentlikda mavjud 21 895 ta me’yoriy hujjatlardan 3 630 tasi (16,6 %) xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirildi.
Tadbirkorlarga eksportda qulayliklar yaratish maqsadida Birlashgan millatlar tashkiloti Yevropa ittifoqi komissiyasining oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari bo‘yicha 77 ta xalqaro standartlari, Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining (FAO/VOZ) “Kodeks Alimentarius” 27 ta me’yorlari, “Global G.A.P” standarti, “Xalol” turkumidagi 5 ta standart, Organik sertifikatlashtirish bo‘yicha 4 ta standart qabul qilindi.
Bojxona Ittifoqida amalda bo‘lgan 52 ta texnik reglamentdan 25 tasi O‘zbekistonda tasdiqlangan texnik reglamentlar bilan uyg‘unlashgan.