Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etilishi boshlandi.

Mazkur uchrashuvga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Jizzax viloyati vakilligining Xavaslik jome’ masjidi imom xatibi N.Axmedov taklif etildi. Ma’rifiy uchrashuvni markaz direktori v.b. A.Xolmirzayev kirish so‘zi bilan ochib, barchani muborak ramazon oyi bilan tabrikladi.

So‘ngra N.Axmedov so‘z olib, “ Saxovat – shukr alomatidir” mavzusida ma’ruza qildi. Darhaqiqat saxiylik eng yaxshi insoniy xulqlaridandir. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom yaxshilik qilishda, saxiylikda, infoq-ehson qilishda saxovatlilarning saxovatlisi edilar. U zotdan biron narsa so‘ralsa, aslo yo‘q demasdilar. Saxiylik najot topishning yo‘llaridandir. Alloh taolo saxiylikni insonlarning eng yaxshi fazilatlaridan sanab, saxiy kishilarga oxiratda ulkan ajr - savoblar bo‘lishi xabarini bergan: “Alloh yo‘lida mollarini infoq-ehson qiladigan kishilarning misoli xuddi har bir boshog‘ida yuztadan doni bo‘lgan yettita boshoqni undirib chiqargan bir dona donga o‘xshaydi. Alloh o‘zi xohlagan bandalariga bir necha barobar qilib beradi. Alloh (fazli-karami) keng, bilguvchi zotdir" (Baqara surasi, 261-oyat). Rabbimiz o‘z bandalarini doimo xayru saxovatli bo‘lishga buyuradi. Saxiylik insonga baxt-saodat keltiradigan va o‘zgalarning sevimli kishisiga aylantiradigan xislatdir. Mehr-muruvvat, hamjihatlik, saxiylik xalqimiz ardoqlagan, asrlar osha amal qilib kelayotgan go‘zal fazilat hamdir. Xayr-saxovat, saxiylik insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarining mustahkamlanishiga, o‘zaro hurmat va totuvlikning ortishiga xizmat qiladi. Donolar aytganidek, “Aqlning qadri odob bilan, boylik qadri saxovat bilan oshadi”.

chrashuv nihoyasida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.