“Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi va Andijon Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi Shaxrixon tumanidagi jismoniy va yuridik shaxslar bilan Sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul uchrashuvini Shaxrixon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sh. Yuldashev ochib, tadbir qatnashchilari va uning ishtirokchilarini va kun tartibi bilan tanishtirdi. Mamlakatimizda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi, ayniqsa, ushbu sohalarni takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining bir qator Qonunlari va qonun osti xujjatlari qabul qilinganligi, bu borada milliy tizimning xuquqiy asoslarini yaratish bilan birga tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, eksport saloxiyatini oshirishga omil bo‘layotganligini aytib o‘tdi.
So‘ngra “O‘zstandart” agentligining Andijon standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i N.Teshayev so‘zga chiqib, yig‘ilish ishtirokchilariga standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalari bo‘yicha batafsil tushunchalar va tushuntirishlar berib o‘tdi.
Andijon standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda «Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi» davlat korxonasining mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2935 - sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi hamda “O‘zstandart” agentligining Andijon hududiy boshqarmasi hamda markazi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlari, yaratilayotgan qulayliklar taqdimotlar asosida tanishtirildi.
Yig‘ilishni «Andijon SSM» DK rahbari I. Qosimov davom ettirib, ushbu uchrashuv orqali tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari hamda aholi vakillari bilan yuzma-yuz suhbatlashish, sohaga doir mavjud muammolarining yechimini topishda amaliy yordam ko‘rsatish-“Sayyor qabul” ning asosiy maqsadi ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Uchrashuv qatnashchilarini faolroq bo‘lib, o‘zlaridagi mavjud muammolarni ochiq-oydin bildirishga chaqirdi. Shundan so‘ng yig‘ilish ishtirokchilarining sohaga oid qiziqtirgan savollariga javoblar berildi           

         

Axborot xizmati