“O’zstandart” agentligi tomonidan 2015 yildan boshlab Davlat reestriga kiritilgan akkreditatsiyalangan sertifikatlashtirish idoralari tomonidan berilgan  muvofiqlik sertifikatlarini qidiruv bo’yicha interaktiv xizmati joriy etildi.

Ishlatuvchilar sertifikatni blank raqami yoki ro’yxat raqami, berilgan muddati, STIR yoki arizachining nomi, mahsulot nomi, sertifikatni bergan sertifikatlashtirish idorasining nomi orqali topishlari mumkin.

Xar bir ishlatuvchi 2015 yilda berilgan muvofiqlik sertifikatini Davlat reestridan o’tkazilganligi haqidagi ma’lumotni tekshirib ko’rishi mumkin. Ushbu xizmat 2015 yilning yanvar oyida sertifikatlashtirish ishlarini hisobga olish bo’yicha axborotlashtirish tizimini joriy etilganidan keyin tadbiq etildi.

Mazkur xizmat havola  yordamida ishlatilishi mumkin.

Xizmat test tartibida ishlaydi.

E’tiroz va takliflarni E-mail: uzst@standart.uz elektron manziliga yuborishingizni suraymiz.