Respublikamizda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqish va uni eksport qilish mamlakatimizning iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadigan sohalardan biri hisoblanadi. Hozirda hukumatimiz tomonidan ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar buning yaqqol misolidir. Shu o‘rinda mahsulotlarni exsport qilishda xalqaro bozor talablarini o‘rganish, xalqaro standart va me’yorlarni respublikada joriy qilish hamda importyor davlatlarining talablarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Joriy yilning  24 aprel  kuni  Koreya Texnologiya va Standartlar agentligi qoshidagi, Koreya Kiyim Kechak Sinovi va Tadkikot Institutining bir guruh mutaxassislari «O’zstandart» agentligiga amaliy tashrif bilan kelgan edilar.

Agentlikning xalqaro munosabatlar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda, Koreya Kiyim Kechak Sinovi va Tadkikot institutning boshqaruv va rejalashtirish bo‘limi bosh menedjeri Mojin Yun, Tashqi savdo biznes bo‘limi boshliqlari  Xyushin Yun va Anjin Li, Atrof muxitni boshqaruv soxasidagi eksperti  Bumjin Choylar bilan uchrashuvda  «O’zstandart» agentligi va Janubiy Koreya xamkorlari o‘rtasida muvofiqlikni baxolash soxasida zamonaviy ko‘shma laboratoriya tashkil etish va tekstil maxsulotlari sinovi xamda sertifikatlashtirish soxa yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarni Janubiy Koreya Respublikasida malakasini oshirish bo‘yicha xamkorlik ishlarini amalga oshirish kelishib olingan edi.

Shu maqsadda «O’zstandart» agentligi hamda Respublikamizda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi ilg‘or korxonalarning xodimlaridan tashkil topgan mutaxassislar joriy yilning 20 avgustidan 25 avgustgacha bo‘lgan kunlarda Koreya Respublikasining Seul shahrida joylashgan KATRI instituti qoshidagi sinov laboratoriyalar faoliyati, Koreyaning sohaga oid qonunchiligi, Oeko-Tex Standart-100 standartini talablari va sertifikatlashtirish tizimi bilan yaqindan tanishish maqsadida hizmat safarida bo‘ldilar.

Xizmat safari davomida yengil sanoat maxsulotlarini xalkaro standartlar talablari asosida sinov o‘tkazish xam amaliy, xam nazariy o‘rganildi.
Shuningdek, O’zbekistonda KATRI raxbariyati bilan qo‘shma laboratoriya ochish muxokama kilindi va ular tarafidan kizikish bildirildi.
Yengil sanoat maxsulotlarini xavfsizlik kursatkichlarini xromatograf va spektrofotometrda aniklash,  xamda yukoridagi jixozlarning ishlash printsiplari tulik tushuntirildi.

Olib borilgan muzokaralar chog‘ida ayni paytdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mavjud imkoniyat va salohiyat to‘liq ishga solinmayotgani qayd etildi. Yaqin yillarda ushbu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish bo‘yicha yangi qadamlar tashlanishi ta’kidlandi.

Muzokaralar do‘stona va  ishchanlik ruxida o‘tdi.  

«O’zstandart» agentligi delegatsiyasi  Koreya Texnologiya va Standartlar agentligi qoshidagi, Koreya Kiyim Kechak Sinovi va Tadkikot Instituti raxbariyatiga ko‘rsatilgan iliq va do‘stona  munosabat uchun minnatdorchilik bildirdi.

Axborot xizmati