“O’zstandart” agentligi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida birgina standartlashtirish va texnik jixatdan tartibga solish yo‘nalishida bir qator ishlar bajarildi.

 Masalan,tadbirkorlik sub’ektlariga qulaylik yaratish maqsadida 1 230 texnik jihatdan tartibga solish sohasida amaldagi huquqiy hujjatlar “O’zstandart” agentligining rasmiy veb-saytiga joylashtirildi hamda ularni bepul foydalanish imkoniyati yaratildi.

2017-2018 yillarda 922 ta xalqaro standartlar amaliyotga joriy etildi. Buning natijasida xalqaro standartlarning soni 3 849 taga yetkazildi. Jumladan, Birlashgan Millatlar tashkiloti Yevropa iqtisodiyot komissiyasining meva, sabzavot va quritilgan qishloq ho‘jalik mahsulotlariga tegishli 77 ta standartlari (shulardan, 24 tasi meva, 32 tasi sabzavot va poliz ekinlari, 21 tasi quritilgan mahsulotlar uchun), Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining 24 ta “Kodeks alimentarius” standartlari qabul qilindi.

Natijada amaldagi standartlarning xalqaro talablar bilan uyg‘unlashganlik darajasi 13 % dan 17,6 %ga yetkazildi. (jami standartlar soni 21 888 ta)

“Halol”standarti qabul qilinib, sertifikatlashtirish idorasining faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini Yevropa bozorlariga eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida xalqaro “Global G.A.P.” standarti qabul qilindi.

Respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xalqaro talablarga moslashtirish va tadbirkorlik sub’ektlariga qulayliklar yaratish maqsadida 1102 ta tashkilotning standartlari o‘rniga 24 ta yagona talablarni belgilovchi davlat standartlari ishlab chiqildi.

Shuningdek, xavfsizlik talablarini belgilovchi 7 ta (moylar, liftlar, gazda ishlaydigan uskunalar, veterinariya dori vositalari, avtomobil va avia yoqilg‘i, portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlovchi uskunalar, go‘sht) umumiy texnik reglamentlar, shuningdek, 1 ta (gaz to‘ldirish kompressorlari) maxsus reglament qabul qilinib, ularning umumiy soni 39 taga yetkazildi.

Buning natijasida, respublikamizda 1 600 ta standartlarni qo‘llanishi ixtiyorilikka o‘tkazildi.

Axborot xizmati