“O‘zstandart” agentligida «ZHONGYA» mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonaning xodimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etgan holda “Jizzax EIZ” Sirdaryo filialida «ZHONGYA» mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxona tashkil etilgan.
Tashkil etilgan «ZHONGYA» MChJ QK elektromoped transport vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonada ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan elektromoped transport vositalarini Milliy sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga muvofiq sertifikatlashtirish va sohaga oid masalalarda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan “O‘zstandart” agentligida «ZHONGYA» MChJ QK xodimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida korxona xodimlariga amaldagi qonunchilik talablari bo‘yicha tushuntirishlar berildi va kelgusida korxonada mahsulot xavfsizligini ta’minlashda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek. “O‘zstandart” agentligi tomonidan vakolat doirasida sertifikatlashtirish va standartlashtirish masalalari bo‘yicha amaliy yordam berildi.
«ZHONGYA» MChJ QK ishga tushishi natijasida mazkur hududda qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yaratilib, viloyatning sanoat salohiyatini yanada oshishiga xizmat qiladi.

Axborot xizmati