"O’zstandart" agentligi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining Malaka oshirish markazi mintaqadagi qo‘shni mamlakatlar mutaxassislarining qiziqishini uyg‘otmoqda.

2018 yil 18 sentyabrdan 21 sentyabrigacha bo‘lgan davrda Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti bazasida "Afg‘oniston milliy standartlashtirish organi" (ANSA) vakillari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi. Seminar qatnashchilari O’zbekiston Respublikasining standartlashtirish tizimi, texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi, o‘lchovlarning birligini ta’minlash davlat tizimi, milliy sertifikatlashtirish tizimi to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Seminar trening doirasida ANSA vakillari quyidagi tizim tashkilotlarining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar: “Axborot ma’lumot markazi” DK, “RSSM” DKning qurilish mahsulotlarini sinash laboratoriyasi, “O’zMMI” DKning qiyoslash laboratoriyalari. ANSA vakillarini qiziqtirgan savollariga “O’zstandart” Agentligining malakali mutaxassislari javob berdilar. Trening seminar yakunida tinglovchilar uchun tegilshi sertifikatlar taqdim etildi.

Axborot xizmati