Joriy yilning 26 sentabr kuni Shvetsariya davlatining Jeneva shaxrida Halqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) bosh assambleyasining 41-yig’ilishi o’z ishini boshlaydi. Yig’ilish oldidan 25 sentabr kuni O’zbekistonda halqaro standartlarni joriy etish, ISO tashkiloti texnik qo’mitalari va O’zbekistondagi mavjud texnik qo’mitilar faoliyati tubdan yaxshilash, eksportbop-raqobatbardosh maxsulotlar ishlab chiqarishda va ichki bozorga sifatsiz mahsulotlarni kirib kelishini oldini olish, samarali halqaro hamkorlik munosabatlarini o’rnatish masalalari yuzasidan ISO tashkiloti bosh sekretari Serhiyo Mujika, bosh sekretar o’rinbosari Nikolas Fleuriy va “O’zstandart” agentligi bosh direktori D.Sattarov, Halqaro munosabatlar boshqarmasi  boshlig’i А.Orifboev, O’zbekistonning Shvetsariyadagi doimiy vakili U.Lapasov  ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi. 

26-28 sentabr kunlari o’tkaziladigan Bosh Аssambleya yig’ilishda 165dan ortiq mamlakatlarning standartlashtirish idoralari rahbarlari va ekspertlari ishtirok etadilar. Ushbu tadbirda ISO tashkilotining DEVCO, CASCO, COPOLCO singari texnik qo’mitalarning faoliyati, rivojlanayotgan davlatlarning standartlashtirish tizimini sifat jihatdan yangilash mexanizmlari, standartlashtirish sohasiga oid turli hil mavzularda sessiyalar va bir qator uchrashuvlar bo’lib o’tadi. Nufuzli xalqaro darajadagi tadbirda “O’zstandart” agentligi vakillari ham ishtirok etadilar. ISO tashkiloti Bosh assambleya yig’ilishi joriy yilning 28-sentabr kuniga qadar davom etadi.