Bugungi kunda sanoat taraqqiyoti sinov laboratoriyalaridan yuqori aniqlikni hamda inson omilini kamaytirishni talab etmoqda.

«Olmaliq sinov va sertifikatlashtirish markazi» davlat korxonasi qoshidagi akkreditlangan sinov laboratoriya majmuasiga zamonaviy 3 ta sinov uskunasi xarid qilindi:

  • «Gidravlicheskiy ispыtatelnыy stend dlya zadvijek, klapanov»,
  • «Stend dlya ispыtaniy s vnutrennim davleniyem SIVGD-10»,
  • «Kompleks oborudovaniya dlya opredeleniya belka i azota po metodu K’eldalya».

Ushbu uskunalarda Olmaliq shahrida ishlab chiqarilayotgan klapan, kran, zadvijka,plastik quvurlarhamda sut mahsulotlarini sinash imkoniyati yaratildi. Buning natijasida ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarga qulayliklar yaratilib, mahsulotlarni raqobatbardoshliligi oshirilishiga erishilinadi.