Avval xabar qilganimizdek, «O‘zstandart» agentligi mutaxassislari «Bir makon bir yo‘l» loyihasi doirasida tashkil etilgan «Akkreditatlash va sertifikatlashtirish» o‘quv seminarida ishtiroklari davom etmoqda.

Seminar doirasida xodimlar Xitoy Xalq Respublikasining akkreditatlash va sertifikatlashtirish tizimining qonunchiligi hamda tuzilmalari bilan tanishdilar.

Shuningdek, AQSIQ, CNCA, CNAS tashkilotlari hamda akkreditatlash, sertifikatlashtirish, inspeksiya idoralari va laboratoriyalarning amaliyoti bilan ham yaqindan tanishdilar. Shu bilan birgalikda mutaxassislar JSQI ning akkreditatlangan oziq-ovqat mahsulotlar bilan aloqada bo‘luvchi mahsulotlarni sinov laboratoriyasida ham bo‘ldilar.

Joriy yilning 12 noyabr kuni «O‘zstandart» agentligi mutaxassislari CNAS tashkilotining xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha direktorii - He Zhaowei bilan uchrashishdilar. Uchrashuv davomida, savdo sotiqda muvofiqlikni baholash natijalarini o‘zaro tan olishga doir masalalar muhokama qilinib, kelgusida sohaga oid masalalarda tajriba almashishga kelishib olindi.