Farg‘ona Sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan tashkil etilgan uchrashuv davomida Farg‘ona kimyo zavodi faoliyati chuqur o‘rganildi.

Zavod O‘zbekistonda paxta sellyulozasining yirik ishlab chiqaruchilaridan biri hisoblanadi. Zavod mahsulotlari ko‘plab ishlab chiqarish korxonalarida xom ashyo sifatida qo‘llaniladi. Bugungi kunda zavod o‘z mahsulotlarining 80 foizini Bolgariya, Eron, Xitoy, Germaniya, Serbiya Rossiya va boshqa MDH mamlakatlariga eksport qilmoqda.
O‘rganish davomida zavod faoliyatidagi ko‘plab muammolar o‘z yochimini topdi. Jumladan, Italiyadan olib kelingan bug‘ hosil qilib uni tarqatuvchi qurulmalar uchun dasturlangan boshqaruv panellari uchun zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni olishda “Farg‘ona sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi sertifikatlashtirish idorasi xodimlari barcha zaruriy yordamni ko‘rsatdilar. Agentlik xizmati orqali meyoriy hujjatlar olishiga ko‘maklashildi.

Zavod muttasaddilariga Sifat menejmenti ISO 9001 standarti xaqida tushunchalar berildi va Farg‘ona kimyo zavodi “Farg‘ona sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi bilan 7.5 millionlik shartnoma izoladi.

Hurmatli tadbirkorlar, Sizda ham standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalari bo‘yicha yechimi topilmayotgan masalar mavjud bo‘lsa, hamda “O‘zstandart” agentligi bilan yuzma-yuz suhbatlashish istagi bo‘lsa ushbu havola http://visit.standart.uz  orqali so‘ralgan ma’lumotlarni (telefon raqami, manzil va h.k) kiriting va biz albatta, Siz bilan bog‘lanib, tashrif buyuramiz! Eng muhimi, Sizning masalangizga amaliy yechim topishga ko‘maklashish.

Telegram: https://t.me/sattarovuz/
Instagram: https://www.instagram.com/uzstandard/

Axborot xizmati