Navoiy Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasida “Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda – halollikning o‘rni” mavzusida “Ma’naviyat soati” tashkil etildi.

Uchrashuvda Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i U.Kamolov so‘z olib, barcha ezguliklarning, xayrli ishlarning boshi halollikdir. Halollikning o‘zi kabi do‘stlari ko‘p: yaxshilik, baraka, xotirjamlik, osoyishtalik ekanligini e’tirof qildi.

Halollik faqat bozorda tarozi bilan o‘lchanmaydi. Har bir inson o‘zi bajarayotgan amallarini qalb tarozisiga solib ko‘rsagina, qaysi palla ko‘proq tosh bosishini bilib oladi.

Ma’naviyat soatida ishtirok etgan soha vakillari va ma’naviyat targ‘ibotchilari inson qaysi sohada mehnat qilmasin halollik mezonlariga tayanib ishlasa, mijozlar va tadbikorlar bilan samimiy muomilada bo‘lsa va eng asosiysi, shu yurt, shu vatan taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha olsa, undan katta baxt yo‘qligini yana bir bor ta’kidladilar.

Ma’naviyat soati davomida xodimlar ma’naviyat targ‘ibotchilarga o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga javob oldilar.

Axborot xizmati