Markaz o‘z faoliyati yo‘nalishidan kelib chiqqan holda Buxoro viloyati hududida faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlar bilan yaqindan hamkorlik asosida ish tashkil qilgan.

Bunda Markaz xodimlari joylarga chiqib ularning ish faoliyatlari bilan yaqindan tanishib, standatlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish yo‘nalishlarida zarur ko‘maklarni bermoqdalar.

Yaqinda markazning bir guruh xodimlari Jondor tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan «Shijoat-Tekstil-mash» masuliyati cheklangan jamiyatida bo‘ldilar. Jamiyatning asosiy faoliyat turi momiq sochiq mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishdan iborat.

Jamiyatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.06.2009 yildagi «Respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan «Nika Certification» MChJ sertifikatlashtirish idorasi tomonidan jamiyatning momiq sochiq mahsulotlarini ishlab chiqarishga nisbatan sifat menejmenti tizimi O”z DSt ISO 9001 xalqaro standarti talabiga muvofiqligi tasdiqlanib, 2015 yil 04 dekabrda UZ.SMT.04.029.02598 raqamli muvofiqlik sertifikati berilgan.

Jamiyat tomonidan ishlab chiqarilayotgan momiq sochiq mahsulotlari tuzilgan kontrakt shartnomalar asosida Rossiya davlatiga eksport qilinmoqda.

Shuningdek, jamiyat tomonidan “Eksportchi korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlar eksportini kengaytirish borasidagi ko‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1731-sonli qarori ijrosi ta’minlanmoqda.
Markaz tomonidan boshqa korxonalar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarga ham amaliy yordam berish ishlari tizimli davom ettiriladi.

Axborot xizmati