2018 yilning 12 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4059 sonli "Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori dolzarbligi standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi xalqaro ekspertlar tomonidan e'tirof etilmoqda. Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi, xalqaro munosabatlar departamenti xodimi, Raxima Guliyeva “Biz yurtingizda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish sohasida yangi qaror qabul qilinganidan juda ham xursand bo‘ldik. Mamlakatingizda milliy metrologiya institutlari faoliyatini takomillashtirish, ularga moliyaviy ko‘mak ajratish va sifat infrastrukturasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar juda e’tiborlidir.Biz ushbu qarorning 19 bandi milliy infrastrukturani rivojlantirish bo‘yicha taklif va loyihalarni ko‘rib chiqishdan mamnun bo‘lamiz. Ushbu qarorda belgilangan vazifalarni samarali bajarishda tilakdoshmiz...”

 

Axborot xizmati