“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan navbatdagi sayyor uchrashuvi Surxondaryo viloyatining Termiz shahri, Jarqo‘rg‘on hamda Termiz tumanlarida o‘tazildi.

Sayyor uchrashuvlarda “Surxon ipagi”, “Nortexstyle” korxonasi hamda “GDF” issiqxonalari faoliyati bilan tanishish asnosida, ularning faoliyatida standartlashtirish, sertifikatlashtirish hamda metrologiya sohalari bilan bog‘liq taklif va mulohozalar tinglandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti direktori A.Daminov, Agentlik matbuot xizmati rahbari A.Rasulov, Surxondaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori F.Hamdamov va standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i G‘.Karimovlar tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdilar.