“O’zstandart” agentligi Menejment tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi Qoraqalpog’iston va Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazlarida menejment tizimlarini sertifikatlashtirish jarayonlari yuzasidan o’rganish o’tkazdi.

Hududlarda joylashgan “Panaev Farms”, “Shumanay Roots”, “Nursultan Alyona”, “Lanex Trakt”, “Murotbek Mebel”, “Xanka billur salt”, “Splesh”, “Urganch yog’-moy” korxonalarining rahbarlari va mas'ul xodimlariga standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlar asosida menejment tizimlari joriy etish va laboratoriya bo’yicha mavjud bo’lgan masalalar yuzasidan amaliy yordam ko’rsatildi.