Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko’maklashish byurosi” tomonidan viloyatning eksportyor hamda eksport potenttsialiga ega korxonalarga standartlashtirish, sertifikatlashtirish, metrologiya, yorliqlash hamda qadoqlash bo’yicha amaliy yordam berib kelmoqda

Byuroning ko’magida Mirzaobod tumanida joylashgan “Dehqonobod asl anori” korxonasi mahsulotlarini Qozog’iston va Tojikiston davlatlariga eksporti yo’lga qo’yildi.

Korxonada “GLOBAL G.A.P” standarti joriy etib, anor va anor sharbatlarini Frantsiya, Yaponiya va Belgiya davlatlariga eksport qilish rejalashtirilmoqda.