“O‘zstandart” agentligiga janob Ye Chen rahbarligidagi Xitoy Xalq Respublikasining Nanking viloyati hokimligi xuzuridagi mahsulot sifati nazorati departamenti, Nanking qozonlar va katta bosimdagi silindrlar inspeksiyasi instituti delegatsiyasi a’zolari tashrif buyurdi.

Xitoy Xalq Respublikasining soha yo‘nalishidagi tashkilotlari bilan mahsulot sifati va xavfsizlik ko‘rsatgichlarini aniqlashda qo‘shma sinov laboratoriyalarini tashkil etish, standartlashtirish, metrologiya hamda muvofiqlikni baholash sohalarida salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash yuzasidan xamkorlikni yanada rivojlantirish va sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish uchun yaqindan xalkaro hamkorlik aloqalari o‘rnatishga erishilmoqda.

Uchrashuvda xalqaro standartlarga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari, elektrmagnit o‘tkazuvchanlik, avtotransportga uning dvigateli siqilgan tabiiy, suyultirilgan neft gazlari yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlashini ta’minlaydigan maxsus uskuna (gaz balon)larni sinovi bo‘yicha laboratoriyalar tashkil etish, sifat milliy infrastrukturasini rivojlantirish, ichki bozorni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish, Agentlik huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik masalasi ko‘rib chiqildi.