O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2752-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston milliy metrologiya institutida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” mavzusida o‘quv amaliy semenar tashkil etildi.

Tadbirda Metrologiya institutining xodimlari va Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi S.Niyozova va Toshkent shahar prokuraturasi alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchilari M.Raxmatxo‘jayev hamda U.Kamilovlar ishtirok etishdi.

 

Ma’ruzachilar korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni amaliyotda qo‘llash, korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi jinoyatlar turlari va ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan jazolar haqida ma’lumotlar berdilar.