Farg‘ona sinov va sertifikatlashtirish markazi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” va tegishli mutaxassislar tarkibidan iborat ishchi guruh tomonidan joylarda o‘rganishlar o‘tkazib, sohaga oid muammolari aniqlangan taqdirda, bartaraf etishda amaliy ko‘mak berib kelinmoqda.

Bunga misol, Turkiya davlati investorlari bilan birgalikda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida 2019 yil 1 apreldan o‘z faoliyatini boshlagan, yillik quvvati 4200 tonna mahsulot ishlab chiqariyotgan "Gold valley metall product" MChJ joyiga borib o‘rganilganda, korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan turli o‘lchamdagi zamonaviy shurup va samorezlarni Rossiya davlatiga eksport qilish jarayonida ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimini sertifikati talab etilganligi aniqlandi. Byuro vakili tomonidan jarayonni hujjatlashtirish ishlariga yordam berildi va ISO 9001:2015 №UZ.SMT.04.045.09920 sonli sertifikat rasmiylashtirildi. Kelgusida ishlab chiqarilayotgan turli o‘lchamdagi zamonaviy shurup va samorezlar sinovdan o‘tkazish maqsadida zamonaviy sinov vositalari bilan jixozlangan xalqaro darajada akkreditlangan sinov laboratoriyasi tashkil etish masalasida kelishib olindi.