1875 yildan buyon, Metrik konvensiya imzolangan sana – 20 may – Butun jahon metrologiya kuni sifatida nishonlab kelinadi.

2019 yil Butun jahon metrologiya kunining shiori – “Xalqaro o‘lcham birliklari tizimi – fundamental afzallik” deya ataldi. Bu mavzu 2018 yil 16 noyabrda O‘lchov va tarozilar bosh konferensiyasi Xalqaro o‘lchamlar tizimi (SI) yaratilgan paytda tanlangan edi.

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mazkur sana munosabati bilan nufuzli seminar tashkil qildi. Ilmiy-amaliy seminar ishida mamlakatimizning taniqli olimlari, ishlab chiqarish korxonalarining vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda milliy metrologiya tizimining bugungi holati, istiqboldagi vazifalari hamda etalonlar bazasini yanada boyitish masalalari muhokama qilindi. Anjuman ommaviy axborot vositalarining nigohida bo‘ldi.