Har yili 20 may Xalqaro metrologiya kuni butun dunyoda nishonlanadi. Ushbu kun, 1875 yil 20 mayda Parijda xalqaro diplomatik konferensiyada "Metrik konvensiyalar" imzolangan va uning asosida hukumatlararo "Xalqaro o‘lchamlar va torozlar tashkiloti" yaratilganligi sharafiga tanlab olingan.

Mazkur sana munosabati bilan Qashkadaryo sinov va sertifikatlatirish markazi ham soha xodimlari ishtirokida kasb bayrami munosibati bilan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda markazi direktori U.Amirkulov metrologiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xodimlarni bayram bilan tabriklab, kelgusidagi rejalar haqida gapirdi.

Bayram munosabati bilan metrologiya sohasida ko‘p yil mehnat qilgan faxriy xodimlar va soha vakillari sovg‘alar bilan taqdirlandilar.