Guliston Davlat Universiteti qoshidagi eksperimental-biologik laboratoriyasini rivojlantirish, xalqaro talablarga muvofiqlashtirish hamda Respublikada “Global GAP” standarti talablari bo‘yicha sinov bazasini shakllantirish bo‘yicha “O‘zstandart” agentligi va Guliston Davlat Universiteti bilan o‘zaro hamkorlik olib borilmoqda. Laboratoriyaning xalqaro talablar asosida faoliyat yuritishi uchun “O‘zstandart” agentligining ilmiy tadqiqot instituti va Guliston Davlat universiteti o‘rtasida xodimlarni tayyorlash va soha yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy sinovlarni o‘tkazish bo‘yicha xamkorlik yo‘lga qo‘yildi.