Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” tomonidan ishlab chiqarish korxonalarga xalqaro standartlarni keng joriy qilish, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sinov va sertifikatlashtirish masalalarida yaqindan yordam berib kelmoqda.

Jumladan, Agentlik tizimidagi Departament bilan hamkorlikda “Ecoclimat”, “Roison Home White Goods”, “Madina Kapital Plyus” va “Zarina Taraqqiyoti” korxonalarida bo‘lib, joriy qilingan ISO 9001 standartining afzalligi va korxona faoliyati uchun foydali tomonlari to‘g‘risida xodimlarga tushunchalar berildi.

 

Shuningdek, Byuro xodimlarining yordamlari bilan mazkur eksportyor korxonalarda ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ukraina, Ozorboyjon kabi hamdo‘stlik mamlakatlariga eksporti yo‘lga qo‘yildi.