Korrupsiya demokratik jarayonlarning amalga oshishiga to‘sqinlik qiladi, kadrlar sifatining pasayishi va oqibatda barcha sohalarning oqsashiga, uyushgan jinoyatchilikning ildiz otishiga, hukumatga bo‘lgan ishonch yo‘qolishi va ijtimoiy-siyosiy beqarorlikka sabab bo‘ladi.

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Standartlar institutida tashkilotning mutaxassis va texnik xodimlari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda ishtirokchilar tomonidan manfur illatning kelib chiqishi, zarar va oqibatlari haqida hamda bugungi kunda barcha sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yo‘qotish davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi ekanligi, bu borada har bir fuqaro ushbu illatga qarshi kurashishga mas’ul ekanligi ta’kidlandi.

Institut jamoasi bu mavzudagi o‘z mulohazalari, takliflari va qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etdilar.

Standartlar instituti

Matbuot xizmati.