Rivojlangan AQSh, Angliya, Germaniya va Yaponiya davlatlarning ko‘p yillik tajribasidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotining mavjud muammolarini hal qilishda standartlar muhim rol o‘ynaydi.

Standartlarning to‘liq xolda shakllanishi sifatli va xavfsiz mahsulot ishlab chiqarish, xalq xo‘jaligi ob’ektlarini xavfsizligini taminlash darajasini, ishlab chiqarish jarayonlarini iqtisodiy samaradorligini oshirish, xavf-xatarni baholash va ularning oldini olishga yordam beradi. Shu munosabat bilan aytish mumkinki, hozirgi kunda standartlar - iqtisodiyot rivojlanishining muhim bo‘g‘inidir.

So‘ngi yillarda mamlakatimizda standartlashtirish tizimi rivojlantirishga aloxida e’tibor qaratildi. O‘z navbatida mamlakatimiz tanlagan taraqqiyotining rivojlanish strategiyasidan kelib chiqib, va boshqa mamlakatlarning tajribasiga asoslangan holda standartlashtirishning yangi xuquqiy asoslari shakllantirildi.

 

Bugun Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida “O‘zstandart” agentligi tashabbusi va Amerika Qo‘shma Shtatlari Cavdo Departamentining CLDP dasturi, ASTM International tashkiloti xamkorligida “Texnik jihatdan tartibga solish va standartlashtirish amaliyoti” mavzusida treyning seminari o‘z ishini boshladi.

Treyning seminari ASTM International tashkiloti ekspertlari Jim Olshefskiy, Lyuis Frederiks tomonidan olib borilmoqda.

Seminarda Amerika Qo‘shma Shtatlarida ko‘p yillar davomida standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish sohalarini tartibga solish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, texnik qo‘mitalar faoliyati, ilmiy va texnikaviy hamkorlikka ko‘maklashish, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish uchun milliy standartlarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida eksport va import qilinadigan maxsulotlarning standartlari va texnik reglamentlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha xamkorlikda faoliyat ko‘rsatish kabi mavzularda ma’ruzalar o‘qilmoqda.