Yengil sanoat va to‘qimachilik mahsulotlarini eksportida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish maqsadida Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi xodimlari Toshkent shahrida joylashgan “Quality textile production”, “Ko’kcha Textile”, “Rossproteks”, “Lusso Fashion Textile” va boshqa bir qator korxonalarda bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar va mas’ullar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Mazkur uchrashuvlarda ishlab chiqaruvchi korxonalarga texnik reglament talablari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.