Standartlar instituti faoliyatida tadbirkorlik sub’ektlariga qulaylik yaratish maqsadida, standartlashtirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni interaktiv shakilda amalga oshirish imkoniyatlari yanada kengaytirilmoqda.

Me’yoriy hujjatlarni ishlab chiquvchi vazirlik, idora yoki tadbirkorlik sub’ektlari yurtimizning istalgan hududidan public.standart.uz elektron manzili orqali standartlashtirish bo‘yicha barcha me’yoriy hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun ushbu hujjat loyihalarni elektron shaklda yuborishlari, shartnoma hamda ekspertiza xulosalarini elektron ko‘rinishda olishlari uchun imkoniyat yaratildi.

Bu esa ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olib, yurtimizning uzoq viloyatlaridan Standartlar institutiga kelib yurmasdan, standartlar loyihalari ekspertizasiga doir murojaatlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish imkonini beradi.