“O‘zstandart” agentligi va Chexiyaning “Exporta” kompaniyasi bilan joriy yilning 11-fevralda tuzilgan shartnomaga asosan, moliyalashtiruvchi “Uni Credit Bank” bilan shartnoma imzolash hamda Yevropa ittifoqining muvofiqlikni baholash tizimini o‘rganish maqsadida bir guruh mas’ullar Chexiya va Germaniya davlatlarida bo‘lib qaytdilar.

Safar davomida ushbu loyihani moliyalashtirayotgan “Uni Credit Bank” tomonidan taqdim etilgan kredit shartnomasi yakuniy muhokama etildi. Muhokamalarda loyiha ko‘magida zamonaviy laboratoriyani qisqa davr ichida ishga tushirish, hamda bir oylik muddatda yuridik xulosa takdim etilishi kompaniya tomonidan qayd etildi.

Shundan so‘ng “Uni Credit Bank” tomonidan taqdim etilgan kredit shartnomasiga ikki tomonlama imzo chekildi.

Ushbu loyihani ishga tushurish maqsadida Chexiyaning "Exporta", Germaniyaning "Rohde & Schwarz" va Chexiya davlat Metrologiya instituti mas’ullari bilan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan manfaatli kelishuvlarga erishildi.

Unga ko‘ra, loyihalashtirish, qurilish, uskunalarni yetkazib berish, xodimlarni malakasini oshirish va xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarning aniq muddatlari belgilandi.