"O’zbek-Turk Test Markazi" qo‘shma korxonasi qoshidagi “To‘qimachilik va poyafzal mahsulotlarini sinash laboratoriya”si TS EN ISO 17025-2017 "Sinash va kalibrlash laboratoriyalarining kompetentligiga qo‘yilgan umumiy talablar" bo‘yicha akkreditatsiya doirasi kengaytirildi va inspeksiyadan yangi tahrir bo‘yicha muvaffaqiyatli o‘tdi. Mazkur o‘rganish Turkiya akkreditatsiya idorasining “TURKAK” ekspertlari tomonidan o‘tkazildi.

Shuni ta’kidlash kerakki, "O’zbek-Turk Test Markazi" laboratoriyasi shunga o‘xshash xizmatlarni taqdim etadigan boshqa laboratoriyalar qatorida TS EN ISO 17025-2017 xalqaro standarti talablariga muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlangan.

Akkreditatsiya doirasini kengaytirish laboratoriyada o‘tkazilayotgan sinovlarning sifatini to‘liq yaxshilash va taqdim etiladigan xizmat turlarini kengaytirish imkonini beradi.