«O‘zstandart» agentligining 2019 yil 11 oktyabrdagi 05-1073 sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining Davlat standarti O’z DSt 3413:2019 Qishloq xo‘jaligiga oid ishlab chiqarishni integratsiyalashgan boshqarish tizimi (GLOBAL G.A.P.) standarti qabul qilindi.

Ushbu standartning qabul qilinishi iste’molchilarga xavfsiz va sifatli meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish, eksport qilish va jahon bozorlariga kiritish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.

Standartdan ko‘zlangan asosiy maqsad – bu oziq-ovqat xavfsizligi, iste’molchilar salomatligi va xavfsizligi hamda atrof muhitni muhofaza qilishdir.

Standartni olish masalalari bo‘yicha quyidagi manzil bo‘yicha Standartlar institutiga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent sh., Chapanata ko‘ch., 98, Telefon: (+99871) 253-85-67, Faks: (+99871) 253-71-34, e- mail: info@smsiti.uz